AI yordamida test tuzish
Dars, nazorat ishi yoki imtihonga tayyorlanish uchun test kerakmi? Mavzuni yozing yoki darslik faylini yuklang — Taqdimly savollar, javob variantlari va toʻgʻri javoblari bor testni tuzib beradi.
Qanday ishlaydi — 3 qadam
Manbani tanlang
Test mavzu boʻyicha AI tomonidan tuzilishi yoki siz yuklagan fayldan (darslik, maʼruza, tayyor savollar roʻyxati) olinishi mumkin. Fayl tahlili bepul — narx faqat tayyorlashni tasdiqlaganingizda yechiladi.
Savollar soni va tilni belgilang
AI test uchun savollar sonini tanlaysiz — narx shunga bogʻliq. Har bir savolga beriladigan vaqtni ham sozlash mumkin.
Testdan foydalaning
Tayyor test «Mening kutubxonam»ga saqlanadi. Uni oʻzingiz yechishingiz, sinfga onlayn yuborishingiz yoki Telegram guruhida birga oʻynashingiz mumkin.
Narxlar
- AI test, 25 tagacha savol1 500 soʻm
- AI test, 50 tagacha savol2 500 soʻm
- AI test, 100 tagacha savol5 000 soʻm
- Fayldan test (tahlil bepul)10 000 soʻm
Narxlar soʻmda koʻrsatilgan va balansdan yechiladi. Balansni Click, Payme, Uzum yoki bank kartasi orqali toʻldirasiz. Ish tayyorlanmay qolsa, pul balansga qaytariladi.
Oʻqituvchilar uchun
Bir mavzu boʻyicha bir necha variantli nazorat testini qoʻlda tuzish soatlab vaqt oladi. Taqdimly bilan siz mavzuni yozasiz yoki darslik faylini yuklaysiz, soʻng savollarni koʻrib chiqib, keraksizini oʻchirasiz yoki tahrirlaysiz. Test havolasini oʻquvchilarga yuborsangiz, natijalarni oʻzingiz koʻrib turasiz.
Fayldan test rejimi ayniqsa tayyor savollar toʻplami bor boʻlganda qulay: fayl tahlil qilinadi, savol va variantlar ajratib olinadi, siz esa faqat natijani tasdiqlaysiz.
Talabalar uchun
Imtihondan oldin maʼruza matni yoki konspektingizni yuklang va undan test tuzing. Oʻzingizni sinab, qaysi mavzularni yana takrorlash kerakligini tez bilib olasiz. Testni kursdoshlaringiz bilan guruhda birga yechish ham mumkin.
Testlar oʻzbek, rus, ingliz va boshqa koʻplab tillarda tuziladi. Tilni test yaratish boshida tanlaysiz.
Koʻp beriladigan savollar
AI test necha soʻm turadi?
Narx savollar soniga bogʻliq va 1 500 soʻmdan boshlanadi. Barcha variantlar yuqoridagi jadvalda koʻrsatilgan.
Fayldan test qancha turadi?
10 000 soʻm. Faylni tahlil qilish bepul, pul faqat «Tayyorlash»ni tasdiqlaganingizda yechiladi.
Savollarni tahrirlasa boʻladimi?
Ha, tayyor testdagi savol va javoblarni koʻrib chiqib, oʻzgartirish yoki oʻchirish mumkin.
Testni oʻquvchilarga qanday yuboraman?
Test kutubxonangizda saqlanadi; undan havola olib, sinfga yoki guruhga yuborasiz.
Qaysi fayllar qabul qilinadi?
Odatda PDF, Word va matnli fayllar. Skaner qilingan sahifalar ham matnga aylantirib oʻqiladi.
Telegram boʻlmasa ham ishlaydimi?
Test yaratish va yechish saytda ishlaydi. Guruhda birga oʻynash esa Telegram guruhlarida boʻladi.
Har bir savolga vaqt belgilasa boʻladimi?
Ha, har bir savol uchun necha soniya berilishini oʻzingiz sozlaysiz. Bu ayniqsa sinfda yoki guruhda birga oʻynaladigan testlarda qulay: hamma bir xil sharoitda javob beradi.