Ilmiy tezisni AI yordamida yozish

Konferensiya yoki ilmiy toʻplam uchun tezis kerakmi? Mavzu, mualliflar va fan sohasini kiriting — Itechnify tezisni ilmiy uslubda, adabiyotlar roʻyxati bilan Word (DOCX) va PDF shaklida yozib beradi.

Saytda boshlashTelegram botda ochish

Qanday ishlaydi — 3 qadam

  1. Mavzu va mualliflarni kiriting

    Tezis mavzusini aniq yozing, mualliflarni (F.I.Sh., lavozim yoki kurs, OTM, email) har birini alohida qatorda kiriting. Konferensiya nomi ixtiyoriy — u tezis tepasida kursiv qator boʻlib chiqadi.

  2. Soha, hajm va manbalarni tanlang

    Fan sohasini tanlaysiz — uslub shunga qarab yoziladi. Hajm 2 dan 30 betgacha. Oʻz natijalaringiz yoki qoralamangiz boʻlsa, ularni qoʻshing: tezis aynan shularga quriladi.

  3. Tasdiqlang va faylni oling

    Narx koʻrsatiladi, tasdiqlaganingizdan keyin tezis yoziladi. DOCX va PDF saytda paydo boʻladi, Telegram bogʻlangan boʻlsa — botga ham yuboriladi.

Narxlar

Narxlar soʻmda koʻrsatilgan va balansdan yechiladi. Balansni Click, Payme, Uzum yoki bank kartasi orqali toʻldirasiz. Ish tayyorlanmay qolsa, pul balansga qaytariladi.

Tezis referatdan nimasi bilan farq qiladi

Tezis — qisqa, yaxlit ilmiy matn: muqova va boblarga boʻlinish yoʻq, gʻoya, usul, natija va xulosa ixcham bayon qilinadi. Shuning uchun Itechnify tezisni konferensiya talablariga yaqin shaklda yozadi: tepada mualliflar va (xohlasangiz) UOʻK raqami, keyin asosiy matn va oxirida adabiyotlar.

Bir bet taxminan 2300 belgiga teng (Times New Roman 14, interval 1,5). 5 betgacha narx 3 000 soʻm, undan keyingi har bir bet uchun 400 soʻm qoʻshiladi — yakuniy summa tasdiqlashdan oldin koʻrinadi.

Halollik qoidasi

AI tajriba natijalarini toʻqib chiqarmaydi. Agar siz oʻz maʼlumotlaringiz, oʻlchovlaringiz yoki qoralamangizni bersangiz, tezis shularga tayanadi. Bermasangiz, matn mavzuning nazariy tahlili sifatida yoziladi. Topshirishdan oldin raqamlar va manbalarni albatta oʻzingiz tekshiring.

Koʻp beriladigan savollar

Tezisning hajmi qancha boʻladi?

2 betdan 30 betgacha tanlaysiz. Koʻpchilik konferensiyalar 2–5 bet talab qiladi.

Narx qanday hisoblanadi?

5 betgacha 3 000 soʻm, keyin har bir qoʻshimcha bet 400 soʻm. Aniq summa tasdiqlash oynasida koʻrsatiladi.

Bir nechta muallif yozsa boʻladimi?

Ha, har bir muallifni alohida qatorda kiritasiz — ular tezis tepasida tartib bilan chiqadi.

UOʻK (UDK) qoʻyiladimi?

Xohlasangiz, tezis tepasiga taxminiy UOʻK bosh sinfi qoʻyiladi. Aniq raqamni kutubxona yoki tahririyat bilan tekshirish tavsiya etiladi.

Qaysi tillarda yoziladi?

Oʻzbek, rus, ingliz va boshqa tillarda.

Tezis tayyor boʻlmasa-chi?

Xatolik sabab tezis yozilmasa, pul balansingizga qaytariladi.

Tezis qanday formatda beriladi?

Word (DOCX) va PDF fayl sifatida. Word faylida konferensiya talablari boʻyicha shrift, interval va chegaralarni oʻzingiz moslashtirishingiz, mualliflar yoki sarlavhani tahrirlashingiz mumkin.

Boshqa xizmatlar